29-yanvar kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshchiligidagi Adolat va rivojlanish partiyasi (ARP) saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi yuzasidan xalqaro tekshiruvni boshlash kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda ARP matbuot kotibi Umar Chelik xabar berdi, deb yozadi TASS.
“BMTning sud qarorlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Agne Kallamarga Saudiya Arabistoni bosh konsuliga kirish huquqi berilmaganligi mojaro hisoblanadi”, — deydi kotib.
28-yanvar kuni Kallamar turk rasmiylari, xususan, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog‘li bilan uchrashdi.
Shu kuni BMT maxsus ma’ruzachisi Jamol Qoshiqchi qotilligi ishi bo‘yicha tekshiruv doirasida Istanbuldagi qirollik bosh konsul binosiga keladi. Biroq delegatsiya ichkariga kiritilmaydi. Ularga diplomatik vakolatxona binosini faqat tashqaridan ko‘rish bilan cheklanishga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)