Qora dengizning Kerch bo‘g‘ozi hududida suyultirilgan gaz ortilgan tankerlarda yong‘in davom etmoqda, yaqin orada kemalardagi yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘q, deya xabar beradi “Argumenti i fakti”.
Kemalarda yonayotgan gazni o‘chirish mumkin bo‘lgan taxminiy muddat ham noma’lum. Ayni damda portlash xavfi saqlanib qolmoqda.
Turkiyaning “Maestro” va “Kandi” kompaniyasiga qarashli kemalarda yong‘in 21-yanvar kuni yuz bergan.
Tankerlarda 32 nafar dengizchi bo‘lib, 12 kishi qutqarilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in suyultirilgan gazni bir kemadan ikkinchisiga yuklayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Ikkita tankerda qariyb 4,5 ming tonna yoqilg‘i bo‘lgan.
Izoh (0)