Niderlandiyaning Gaaga shahrida portlash natijasida uchta turar joy binosi qisman qulab tushdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga gaz portlashi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda qutqaruvchilar odamlarni binolardan evakuatsiya qilmoqda. Binolar to‘liq qulab ketishi ehtimoli bor.
Izoh (0)