• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda soliq hisobotining yangi shakllari bo‘yicha qanday o‘zgarishlar kiritildi?

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2019-yil 7-yanvardagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-5, 2-sonli qaroriga asosan (Adliya vazirligida 2018-yil 21-yanvarda 3126-son bilan ro‘yxatga olingan) soliq hisobotlarining yangi shakllari tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    2018-yil yakunlari bo‘yicha taqdim etiladigan soliq hisobotlari Adliya vazirligida 2013-yil 22-martda 2439-son bilan ro‘yxatga olingan soliq hisoboti shakllarida davlat soliq xizmati organlariga topshiriladi.

    2019-yil 1-yanvardan keyingi hisobot davri uchun esa barcha soliq turlari bo‘yicha yangi soliq hisoboti shakllari asosida taqdim qilinadi.

    Hisobot shakllaridagi asosiy o‘zgarishlar:

    Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti shakllari soddalashtirildi

    2018-yil uchun amalda bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobi soddalashtirilib, 37 qator va 16 ta ilovadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangi hisob-kitob shakli 18 qator va 8 ilovaga, ya’ni 2 barobarga kamaytirildi.

    Xususan:

    1-ilova (Notijorat tashkilotlarining boshqa daromadlari),2-ilovasi (Ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib, shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi), 9-ilovasi (Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda hisob-kitobi), 11-ilovasi (Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasini aniqlash ma’lumotnoma-hisob-kitobi),12-ilovasi (Eksport ulushiga qarab foyda solig‘i stavkasiga tuzatish kiritish), 13-ilovasi (Nogironlar mehnatidan foydalanadigan korxonalar uchun foyda solig‘ining tuzatish kiritilgan summasi), 14-ilovasi (Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i qo‘shimcha summasining hisob-kitob-ma’lumotnomasi) bekor qilindi.

    To‘lov manbaida dividend va foizlar tarzidagi daromadlardan ushlab qolingan soliqning hisob-kitobi 2018-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida bo‘lgan bo‘lsa, 2019-yil uchun soddalashtirilgan variantda yuridik va jismoniy shaxslardan to‘lov manbaida ushlab qolingan soliq hisob-kitobi birlashtirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan to‘lanadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobida soliq imtiyozlari asoslarini ko‘rsatib berish uchun yangi “Imtiyozlar” ilovasi qo‘shildi.

    Ish haqi fondidan hisoblanadigan soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha endi bitta soliq hisoboti topshiriladigan bo‘ldi

    (Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lov hisob-kitobi)

    Soliq solinadigan baza bir xilligi hamda hisobot shakllarini to‘ldirishda soliq to‘lovchilarning vaqtini tejash maqsadida Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lov hisob-kitobi birlashtirildi. Hisob-kitob ilovasida hisoblangan ish haqi va ushlab qolingan daromad solig‘i hamda hisobot oyida to‘lab berilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badali summasi har bir xodim kesimida aks ettiriladi. Shuningdek, hisobotga har bir fuqaro kesimida to‘langan mehnatga haq to‘lash tarzidagi, mulkiy, moddiy naf tarzidagi daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar ilova qilinadi.

    Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lov hisoboti har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar yagona shaklda taqdim etiladi.

    Hisobot shakliga yangi ilova sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam miqdori ma’lumotnoma hisob-kitobi kiritildi. Ushbu ma’lumotnoma orqali qonunchilikda belgilangan ijara miqdorining eng kam stavkalariga rioya etilishi nazorat qilinadi.

    Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti shakllari

    Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlarining (hisob-kitoblarining) yangi shaklidagi ilovalar soni 9 tadan 5 taga qisqartirildi.

    Shuningdek, ushbu qaror bilan hisob varaq-fakturaning soddalashtirilgan shakli ham joriy qilinmoqda.

    Hisob varaq-fakturaning yangi soddalashtirilgan shaklidan ilgari to‘ldiriladigan ayrim rekvizitlar, xususan, bank hisob raqami, telefon raqami, IFUT kodi kabi ma’lumotlar, shuningdek, aksiz solig‘ini hisobga olish imkonini beradigan norma o‘z kuchini yo‘qotganligi uchun “Aksiz solig‘i” ustunlari chiqarib tashlandi.

    Endilikda aksiz solig‘i to‘lovchilari 5-ustunda tovar (ish, xizmat)larning aksiz solig‘ini hisobga olgan holdagi (QQSsiz) umumiy qiymatini ko‘rsatishi lozim bo‘ladi.

    Ushbu qaror bilan resurs soliqlari bo‘yicha topshiriladigan soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

    Xususan, samarasiz foydalanilayotgan obyektlar bo‘yicha oshirilgan stavkalarda soliq summalarini taqdim etish uchun yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha yangi shaklda Ma’lumotnoma hisob-kitob shakli kiritildi.

    Shu bilan birga, mol-mulk solig‘ining hisob-kitobi amaldagi shaklida keltirilgan mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mol-mulk hisob-kitobi va eksport ulushiga bog‘liq holda mol-mulk solig‘i stavkasiga tuzatish kiritish bo‘yicha 5 va 6-ilovalari bekor qilindi.

    Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitob shaklida foydali qazilmalarning turlari va o‘lchov birligi aniq belgilab qo‘yildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 8 turdagi foydali qazilmalar uchun eng kam soliq miqdori joriy etilishi hisobiga soliq summasini soliq stavkasidan yoki eng kam soliq miqdoridan kelib chiqib hisoblanishi nazarda tutildi.

    Soddalashtirilgan soliq turlari bo‘yicha

    Yagona soliq to‘lovi

    Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobi yangi shaklining asosiy farqli jihati shundaki, hisob-kitob ilovalarining soni 11 tadan 7 taga qisqardi. Xususan, hisob-kitobning 1-ilovasi (Davlatning ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan ijara haqi miqdorining shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi), 6-ilovasi (2018-yil I choragi uchun eksport ulushiga qarab foyda solig‘i stavkasiga tuzatish kiritish) hamda yagona soliq to‘lovining to‘lanishi lozim bo‘lgan eng kam miqdorlari bo‘yicha 9-1, 9-2, 9-3-ilovalari bekor qilindi.

    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan dividend va foizlar ko‘rinishidagi daromadlardan to‘lanadigan foyda solig‘ining hisob-kitob ma’lumotnomasi soddalashtirildi.

    Bundan tashqari, yagona soliq to‘lovi hisob-kitobi shaklidagi to‘ldirilishi zarur bo‘lmagan satrlar chiqarilib tashlandi.

    Elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovar (ish, xizmat) larning jami realizatsiya hajmidagi ulushini to‘g‘ri aniqlash maqsadida “Elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan sof tushum” bo‘yicha ma’lumotnoma yagona soliq hisob-kitobiga ilova tariqasida joylashtirildi.

    Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobining yangi shakli soliq to‘lovchilar, xususan, yagona soliq to‘lovi to‘lashga o‘tadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun sodda shaklga keltirildi. Bu orqali soliq to‘lovchilarning qimmatli vaqtini tejash imkoni yaratildi.

    Yagona yer solig‘i

    Endilikda meva-sabzavotchilik korxonalari uchun soddalashtirilgan yagona yer solig‘i joriy etilishi hisobiga alohida hisob-kitob shakli kiritildi.

    24.01.2019, 22:25   Izoh (0)   23079
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik mutaxassislar Janubiy Koreyada soliq ma’murchiligini avtomatlashtirish jarayoni bilan tanishdi

    24.01.2019, 22:12

    “Yandeks.Tirbandliklar” Toshkent ko’chalarini 10 balllik tizim bo’yicha baholay boshladi

    24.01.2019, 21:59

    Samarqand, Farg‘ona va Xiva shaharlarida sirklar tashkil etiladi

    24.01.2019, 21:46

    Tojikiston O‘zbekiston traktorlari uchun haq to‘lay olmay, ularni ortga qaytarmoqda

    24.01.2019, 21:46

    Qibrayda “Olimlar shaharchasi“ quriladi

    24.01.2019, 21:39

    Ikki farzandini o‘ldirgan samarqandlik ayol, oshirilishi rejalashtirilayotgan pensiya yoshi, muzlagan Niagara va kunning boshqa muhim xabarlari

    24.01.2019, 21:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20

    Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:15

    Turk seriallari yulduzlarining rashkchi turmush o‘rtoqlari tufayli yuzaga kelgan mojarolar

    Kino | 2 avgust, 10:50

    Surxondaryoda hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.