Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa mamlakatlarning yuzdan ortiq ilmiy hamjamiyat vakillari va sobiq diplomatlari XXR raisi Si Szinpindan dekabrda qo‘lga olingan ikki nafar kanadalik fuqaroni ozod qilishni so‘rab maktub yo‘llagan, deya xabar beradi “TASS”.
2018-yilning dekabr oyi boshida AQShning talabiga ko‘ra Vankuver shahrida Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouning hibsga olinishi va 11-dekabr kuni garov evaziga ozodlikka chiqarilishi munosabati bilan Ottava va Pekin o‘rtasida diplomatik to‘qnashuvlar yuzaga kelgan.
Keyinchalik Xitoy hukumati Pekinda sobiq Kanada diplomati, “Xalqaro inqiroz guruhi”ning xodimi Maykl Kovrigni, mamlakatning Dandong shahrida kanadalik biznesmen Maykl Spayvorni hibsga oldi.
Ular Xitoyning milliy xavfsizligiga tahdid soladigan harakatlar amalga oshirganlikda ayblanmoqda.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoni Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh kabi o‘nga yaqin davlat rahbarlari qo‘llab-quvvatlamoqda.
Izoh (0)