Indoneziyaning Sumbava orolining janubida 6,0 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Zilzila epitsentri 25 kilometr chuqurlikda, Sumbava orolida joylashgan Raba shahridan 219 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar yo‘q. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Izoh (0)