Meksikaning Kankun shahrida noma’lum shaxslar bayramga kelgan mehmonlarni otib tashladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jinoyatchilar shahardagi uylarning biriga kelib, yig‘ilganlarga qarata o‘t ochdi. Politsiya uy ichida ikki, tashqarida besh jasadni topdi.
Kankun oxirgi paytda bir-biri bilan raqobat qilayotgan narkosavdogarlar munosabatlarga oydinlik kiritadigan joyga aylanib borayotgani qayd etilmoqda. To‘qnashuvlar asosan shaharning sayyohlar bilan gavjum bo‘lmagan hududlarida ro‘y beradi.
Izoh (0)