Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” harakati bilan Pokiston orqali muzokaralar olib borishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Tolibonlarning ikki yo‘li bor, birinchisi Pokiston yoki boshqa birorta hududiy mamlakat vakilligida muzokaralarda qatnashish, ikkinchisi — mustaqil ravishda”, — deydi G‘ani. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Afg‘oniston hukumati tolibonlar Pokiston vositachiligida ham muzokaralarga tayyor.
Shu bilan birga prezident tolibonlar “afg‘on xalqining bir qismi bo‘lishni istasa” ular uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri vositachilarsiz muloqot olib borish foydaliroq bo‘lishini qayd etgan.
Davlat rahbarining bayonoti Tolibon harakati vakillari va Afg‘oniston hukumati o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish harakatlari fonida aytilgan.
Tolibonlar mazkur tashabbusdan bosh tortgan va muzokaralarni AQSh vakillari bilan o‘tkazish istagini bildirgan.
Izoh (0)