• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dunyoga mashhur jarqo‘rg‘onlik rassom

    Rassom Nig‘mat Jo‘rayev O‘zbekistonda tug‘ilgan, yoshligi Tojikistonda o‘tgan. Ikkala vataniga bo‘lgan muhabbat rasmlarida aks etadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

    Foto: Sputnik

    Rassom Nig‘mat Jo‘rayevning san’at asarlari Sharq ruhi bilan sug‘orilgan.

    Uning rasmlarini Tojikiston, O‘zbekiston muzeylari va Yevropadagi san’at ixlosmandlari sotib oladi. Bundan tashqari, Nig‘mat mashhur kino san’atkor ham hisoblanib, ko‘pgina filmlar uchun dekoratsiyalar yaratgan.

    Millati tojik bo‘lgan bu rassom O‘zbekistonda tug‘ilgani va Tojikistonda o‘sgani uchun ikki mamlakatning do‘stlik ramziga aylangan.

    “Shamol-odam” filmi dekoratsiyasida

    “Shamol-odam” filmi dekoratsiyasida
    Foto: Sputnik

    Bahodirlar bilan kelgan sehrli mehmon

    Nig‘mat O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Ota-onasi asli Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati O‘sh tumanidan. Otasining ishi yuzasidan Jarqo‘rg‘onga ko‘chib kelishgan. U yerda esa bo‘lajak rassom tug‘ilgan. Keyinchalik Jo‘rayevlar oilasi o‘z vataniga qaytgan.

    Nig‘matning bolaligi kichik shaharda juda baxtli o‘tgan. Qo‘shni bolalar bilan futbol o‘ynashni yoqtirgan.

    Bola san’atga qiziqib qolganida, hamma narsa o‘zgardi. U 5 yoshligida, otasi o‘zi bilan grafik rassomni uyiga olib kelgan. U yo‘llanma asosida Jarqo‘rg‘onga ishlagani kelgan va Jo‘rayevlarning uyiga joylashgan.

    “Rassom Vasnetsovning ‘Bahodirlar’ asarini ko‘paytirish uchun buyurtma olgan edi. Qarabsizki, bizning uyda katta polotno (biror voqeani tasvirlab chizilgan rasm) paydo bo‘ldi. Men lol qolgan edim! Avval hech qachon surat qahramonlari xuddi haqiqiy odamlardek bo‘lgan bunchalik katta suratni ko‘rmagan edim. Muzeyda eksponatlarni uzoqroq masofadan ko‘rish mumkin, men esa uyimda shunday san’at asariga yaqin kela olardim. U o‘zidan chiqarayotgan quvvatni his qilardim. Rus bahodirlari xuddi tirik odamdek ko‘rinardi,” — deydi Nig‘mat.Shunday qilib u rassomdan dars ola boshladi.

    “Har kuni qog‘ozga rasm chizib ko‘rardim. To‘g‘risini aytsam, men o‘sha mehmonni ismini va u bizning uyda qancha vaqt yashaganini eslolmayman. Axir men u payt kichkina edim. Xotiramda faqat undan olgan taassurotlarim qolgan. U odam xuddi farishtaga o‘xshardi. Uzun malla sochli, cho‘zinchoq yuzli, juda mehribon, hamda menga san’at olamini ochgan zehnli o‘qituvchi,” — deydi rassom.

    Shunday qilib Nig‘mat o‘z xohishi bilan rasm chiza boshlaydi. Hatto uylarning devoriga ham rasm chizadi.

    “Tojikistonga qaytgach, katta, ozoda, oppoq uyda yashay boshladik. Men unga rang kiritishni xohladim. Qo‘limga ko‘mirni oldim-da, narvonga chiqib, devorning yuqori qismiga rasm chiza boshladim. Tepaliklar, gullar, qushlarni rasmini chizdim… Tog‘li yurtda kichkina bola har kuni ko‘rishi mumkin bo‘lgan hamma narsani chizdim. Pastga tushib, chizgan suratimga qaraganimda, ota-onam meni aniq urishib beradi deb o‘ylaganman.  Lekin ularga mening ijod namunam yoqdi. Shundan keyin o‘z ustimda ishlashda davom etdim,” – deydi Jo‘rayev.

    Jo‘rayevning rassomlikdagi birinchi ta’limi va yagona muhabbati

    Rassomlikka qobiliyati borligini sezgach, Nig‘mat endi bu kasbni ustasi bo‘lishga qaror qilgan. 1977-yilda Dushanbe shahridagi R. Olimov nomidagi Respublika rassomlik o‘quv yurtiga o‘qishga kirgan. U Tojikiston poytaxtida o‘qishni afzal ko‘rganining sababi – birinchidan u yerda kuchli ta’lim beradigan san’at maktabi bor edi, ikkinchidan, Nig‘mat sovet davrida “Kichik Peterburg” nomini olgan Dushanbe shahrini yaxshi ko‘rgan.

    Foto: “Orzumandlar” kartinasi

    Foto: “Orzumandlar” kartinasi
    Foto: Sputnik

    O‘quv yurtida Nig‘mat rassomlikning turli texnikalarini o‘rgandi. Masalan, qalam, pastel, akvarel, yog‘li bo‘yoqlar (ayniqsa ularni Nig‘mat juda yaxshi ko‘rardi).

    “Men qog‘ozga turli ranglar berishni, har xil chizgilarni chizib ko‘rishni yaxshi ko‘raman. O‘qituvchilar bizga obraz qidirmoqchi bo‘lsak, ko‘proq kuzatish kerakligini maslahat bergan. Shuning uchun ko‘chalardan o‘tayotgan odamlarni ko‘p kuzatganman, ba’zida tog‘ga chiqib ketib, u yerdagi manzaradan ilhom olganman,” — deydi Nig‘mat.O‘quv yurtiga endi kirgan paytlari Nig‘mat juda ham qiynalgan. Chunki maktabda u sakkizinchi sinfgacha o‘qigani uchun ko‘p fanlarni o‘zlashtira olmagan. Bundan tashqari, oilasidan uzoqda, yotoqxonada yashay boshlagan. Lekin u bilan bir xonada yashagan kursdoshlari keyinchalik yaqin do‘stiga aylangan. Ular haligacha bir-biriga do‘stona munosabatda.

    Nig‘mat birinchi muhabbatini quvonib eslaydi. Qiz uning ustozi – Tojikistonning mashhur rassomi Botir Allaberganovning farzandi edi. Botir Allberganov Nig‘matga sohasi bo‘yicha juda ko‘p narsani o‘rgatgan.

    “Bir kuni u meni uyiga mehmonga taklif qildi. Borsak, milliy naqshlar tikilgan qizil ko‘ylak kiygan bir qiz hovlida o‘ynab yurgan edi. U juda ham chiroyli qiz edi. Yana o‘sha kuni quyosh ham boshqacha nur sochib turgan edi! Men hatto uning bo‘yniga osilgan kalitning lentasigacha eslayman. O‘sha payt, albatta bunday go‘zallikni suratga joylayman deb ahd qilgan edim,” – eslaydi Nig‘mat.

    U payt Nig‘mat endigina 1-kursda o‘qir edi. Ayra esa undan 5 yosh kichik edi. Ammo Nig‘matning ilk muhabbati bir umrlik muhabbat bo‘lib chiqdi. Keyinchalik Nig‘mat bilan Ayrin turmush qurib, uzoq yillar birga baxtli hayot kechirishgan. Rafiqasi ham san’atshunos, dizayner, matolarga rasm tushirish bo‘yicha mutaxassis.

    San’atimni Sharqqa bag‘ishlayman

    Rassomlik bilim yurtini tamomlagach, Jo‘rayev A. N. Ostrovskiy nomli Toshkent teatr-rassomlik institutiga o‘qishga kirdi. O‘sha paytlari u SSRning san’atga ixtisoslashgan universitetlari orasida juda katta reytingga ega edi, shuning uchun rassom O‘zbekistonga ko‘chib keldi.

    Institutda uning omadi kelib, mashhur kinorassom Emmanuel Kalontarovning ustaxonasida o‘qish nasib qildi. Jonli klassik dramaturgiya, kino kompozitsiya va kinotasvirning barcha nozik taraflarini o‘rgandi.

    “Yana bir iste’dodli rassom, tasvir va rasm o‘qituvchisi Viktor Petrovich Sosedovni eslab o‘tishni xohlayman. Afsuski, ustozlarim olamdan o‘tib ketgan, lekin menga singgan mehnati beqiyos. Umuman, ustozlar borasida rosa omadim chopgan,”– deydi rassom.Nig‘mat uzoq yillardan beri rasm chizadi. Ularda Osiyo madaniyati, Sharq gavdalanadi.

    “Mening yurtim Tojikiston va O‘zbekistondan bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan. Sharq san’ati, she’riyati va ilm-fanida ask etuvchi turli madaniyatlar uyg‘unlashib ketgan. U bitmas-tuganmas ilhom olsa bo‘ladigan diyordir. Bu yerda juda ko’p ranglar, issiqlik va quyosh nuri bor, atrofda hayot qiziydi. Yorug‘lik va soya bir-biri bilan o‘ynashadi bu yerda, odamlar nekbin, doim yuzlarida tabassum. Ijod ahli uchun bundan ortiq yana nima kerak!” – deydi Jo‘rayev bir paytlar Avstriya, Rossiya va Qozog‘istonga ko‘chishdan bosh tortganini eslab.

    Uning milliy ruh bilan sug‘orilgan kartinalari muzeylarda va san’at ishtiyoqmandlarining xususiy kolleksiyalarida saqlanadi.

    Nig‘mat Jo‘rayev va kino

    Jo‘rayevning asosiy kasbi — postanovkachi-rassom. U “Og‘a”, “Kosh va kosh”, “Vatan kutmoqda”, “Shamol-odam”, “Dengizning kutishi” va boshqa filmlar uchun dekoratsiyalar yaratgan. Uzoq yillar davomida “Tajikfilm” kinostudiyasi bilan hamkorlik qilgan.“Kinoda rassomdan katta mehnat talab qilinadi. U o‘zida juda ko‘p kasblarni o‘zida birlashtirishi kerak bo‘ladi. Film ustida ishlashda rejissyorning nima xohlayotganini tushunish, dramaturgiya, san’at tarixi, kompozitsion qaror chiqarishni bilish juda muhim. Kino san’atida menga o‘zi doim iste’dodli, jiddiy rejissyorlar bilan ishlash nasib qiladi. Ulardan biri Baxtiyor Xudoynazarov. Uning o‘zi katta rassom, film ritmikasi va tasvirini nozik jihatlarini ham ilg‘ay oladigan ijodkor. Ekrandagi har qanday mayda detalga ham jiddiy qaraydi. Afsuski, shunday odam dunyoni erta tark etdi. Uning g‘oyalari va rejalari hali ko‘p edi,” – deydi Nig‘mat.

    Xudoynazarovning “Oy ota” badiiy filmi Nig‘matni yulduz darajasiga ko‘tardi. Bu loyiha 1990-yillarning oxiriga Yevropa davlatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Jo‘rayevning jamoasi o‘shanda Tojikiston shimolidagi Qayroqqum sun’iy dengizida “Farxor” ssenariysi uchun butun shaharni qurib bitkazganini eslaydi. U yerda uylar, do‘konlar, teatr, umuman yashash uchun kerak bo‘lgan hamma narsa bor edi – gazeta do‘konidan tortib aeroportgacha.“Biz juda katta ish qilganmiz. Butun dekoratsiya va qurilishga bor mehringizni berib, ship-shiydon joyda butun bir shaharni bunyod etish sizga sira yoddan chiqmaydigan hissiyot bag‘ishlaydi. Ba’zida u yerga kechki payt yetib kelganimda, chiroqlar yonib turardi va atrofni maza qilib tomosha qilish bo‘lardi. O‘zida shuncha hayot va she’riyatni jamlay olgan tirik organizm edi u,” - deya eslaydi Nig‘mat.

    “Oy ota” filmi gastrolga kelgan sohta teatr aktyorni sevib qolgan Mamlakat ismli qizga bag‘ishlangan. Bosh rolni mashhur aktrisa Cho‘lpon Xamatova ijro etgan. Ushbu kartina ko‘plab nufuzli mukofotga loyiq deb topilgan va shaxsan rejissyor Xudoynazarov tomonidan alohida qayd etilgan. Afsuski, Jo‘rayev tomonidan yaratilgan dekoratsiya suratga olish ishlaridan keyin boshqa hech qayerda ishlatilmagan.

    Nig‘matning do‘sti, taniqli aktyor va rejissyor Firuz Sobzaliyev u uchun hajviy misra yozdi: “Saxiy bo‘lish va do‘stlariga shahar sovg‘a qilish hammaga ham nasib etavermaydi.” Biroq, rassom gap nafaqat uning o‘zi, balki ushbu loyihada ishtirok etgan odamlar haqida ham ketayotgani aytadi.

    “Umuman olganda, kino san’ati menga yoqadi. Bu mening hayotim. Bu har doim qandaydir yangi vazifaning yechimi. Shuningdek, dunyoning turli joylarini ko‘rishga imkon beruvchi ish. Aynan yo‘l tufayli shoir shoirga aylanadi,” – deydi Nig‘mat.

    Navbatdagi film dekoratsiyasini u Belarusiyada bo‘ladigan film uchun yaratyapti.

    20.01.2019, 14:54   Izoh (0)   46653
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand viloyat tibbiy xizmatlar qimmatligiga aniqlik kiritildi

    20.01.2019, 14:00

    Adliya vazirligi 2018-yilda 50 mingdan ortiq murojaatlarning qariyb 37 mingtasini qonuniy hal etgani ma’lum qilindi

    20.01.2019, 11:41

    Meksikada quvur portlashi qurbonlari soni 70 kishidan oshdi

    20.01.2019, 11:20

    Londonda ishlagan mutaxassis Navoiy viloyati hokimiga maslahatchi bo‘ldi

    20.01.2019, 11:02

    Adliya vazirligi: Notariuslarning 10 foizi talabga javob bermaydi

    20.01.2019, 10:41

    O‘zbekistonda qariyb 73 foiz isitish pechlari muvofiqlik sertifikatisiz sotilayotganligi aniqlandi

    20.01.2019, 10:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.