Yaponiyada dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi. Bu haqda Kyodo agentligi uning qarindoshlariga tayanib xabar bermoqda.
Masadzo Nonake 113 yoshda edi. U o‘z uyida 20-yanvar, yakshanba kuni erta tongda olamdan ko‘z yumgan.
Nonaka 1905-yil 25-iyulda Yaponiya shimolida, Xokkaydo orolidagi Asyoro qishlog‘ida tug‘ilgan. U 2018-yil aprelida dunyodagi eng qari erkak deb e’tirof etilgan. Ta’kidlashicha, uning besh farzandi bor, u anchadan buyon pensiyada bo‘lib, televizor ko‘rish, gazetalar o‘qish va shirinliklar yeyish bilan vaqtini o‘tkazib kelgan.
Izoh (0)