Toshkent shahar hokimligida sayyohlar oqimi sust bo‘lgan mavsumlarda turizm xizmati uchun yangi imtiyozlar joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda “Chegirmalar haftasi” aksiyasini tashkil etish loyihasi muhokama qilingan.
Qayd etishlaricha, aksiya doirasida Toshkent shahrining savdo xizmati 42,7 foizga oshishi kutilmoqda.
Hokimlik axborotida aksiyaning boshqa tafsilotlari, xususan, uni qachon o‘tkazish rejalashtirilayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)