O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilda 36 ta xorijiy safarni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Bu haqda Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.
Uning aytishicha, davlat rahbari 20-yanvar kuni yil hisobidan ikkinchi safarga — Germaniyaga yo‘l oladi. Berlinda prezident Frank-Valter Shtaynmayer, kansler Angela Merkel va Bundestag raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev 17—18-yanvar kunlari Hindistonning Gujarat shtatida o‘tkazilgan “Jo‘shqin Gujarat—2019” xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etib qaytdi.
“Ayni paytda Shavkat Mirziyoyevni Belgiya, Shveysariya, Kanada, Yaponiya, Bolgariya, Belarusda kutishmoqda”, — deb yozadi internet-nashr.
Izoh (0)