21-yanvar kuni Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur bahsni qatarlik hakam Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlari Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh yordam beradi.
Darvoza ortida qatarlik Hamis Muhammad Al-Marriy va Ahmad Abu Bakr Said Al-Kaf ishlaydi. To‘rtinchi hakam Deniya Gedara Palita — Shri-Lankadan.
Uchrashuv Al-Ayn shahridagi “Xalifa bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)