16-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining “C” guruhida 3-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.
“C” guruhida Janubiy Koreya terma jamoasi Xitoy termasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va guruh g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Qirg‘iziston termasi esa Vitaliy Lyuksning het-triki (24, 51, 77-daqiqalarda) evaziga Filippinni mag‘lub etdi va pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Endi Aleksandr Krestinin shogirdlari pley-offga chiqish uchun boshqa guruhlardagi o‘yinlarning yakunlanishini kutadi.
Osiyo Kubogi
3-tur bahslari
16-yanvar, chorshanba
“C” guruhi
Janubiy Koreya—Xitoy 2:0
Gollar: 1:0 — 14, penalti Ui Jo Hvang, 2:0 — 51 Min Jae Kim.Qirg‘iziston—Filippin 3:1
Gollar: 1:0 — 24 Vitaliy Lyuks, 2:0 — 51 Vitaliy Lyuks, 3:0 — 77 Vitaliy Lyuks, 3:1 — 80 Shtefan Shrek.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)