Toshkent vaqti bilan 19-yanvar tongida Rio Olimpiadasi chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga chiqdi.
Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang muddatidan avval yakuniga yetdi. Fazliddin Garsiyani 3-raundda nokautga uchratdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi professional ringdagi ketma-ket 7-g‘alabasini nishonladi.
Ma’lumot uchun, Fazliddin bugungi jangga qadar professional boksda 6 marta ringga ko‘tarilib, ularning barchasida g‘alaba qozongandi (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 ta jang o‘tkazib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda esa mag‘lub bo‘lgandi. Bitta bahsda durang natija ham qayd etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)