Yangi yil oqshomida O‘zbekistonda eng ko‘p tomosha qilingan teleko‘rsatuvlar reytingi e’lon qilindi. 20 ta o‘rindan iborat ro‘yxatdan asosan nodavlat telekanallar dasturlari joy egalladi. Bu haqdagi ma’lumotni “Daryo” manbasi taqdim etdi.
Xususan, yuqori o‘ntalikka 8 ta Zo‘rTV va 2 ta Sevimli TV ko‘rsatuvlari kirdi. Zo‘rTV kanali orqali efirga uzatilgan Prezidentning yangi yil tabrigi reytingda yetakchilik qildi. Uni Zo‘rTV telekanalida har beshinchi tomoshabin ko‘rgan.
Yetakchilar reytingida faqat bitta dastur davlat MTRK tomonidan taqdim etilgan, bu “Bolajon” telekanalining “Multipanorama” ko‘rsatuvidir.
Reytingni tuzishda aholisi 200 ming va undan ko‘p bo‘lgan shaharlardagi 6 yoshdan katta tomoshabinlar hisobga olindi. Hisobga olingan davr — 2018-yil 31-dekabr 12:00 dan 2019-yil 1-yanvar 06:00 gacha.
Izoh (0)