AQSh prezidenti Donald Tramp respublikachi-senatorlar bilan uchrashib, Afg‘oniston va Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish rejalarini muhokama qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Tramp AQSh qo‘shinlari hududdagi terroristik guruhlar faoliyatini nazorat qilishni davom ettirishini, biroq armiya u yerda muntazam bo‘la olmasligini ta’kidlagan.
Avvalroq Tramp AQSh harbiylarining Suriyadan chiqarilishi boshlanganini rasman e’lon qilgan edi.
Izoh (0)