Ispaniya qabul qilingan sayyohlar soni bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi. 2018-yilda mamlakatga 82,6 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu haqda Ispaniya sanoat, savdo va turizm vaziri Reyes Marotoga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2017-yil yakunlariga nisbatan 0,9 foizga yuqori.
Ispaniya qabul qilingan sayyohlar soni bo‘yicha Fransiyadan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. 2017-yilda Fransiyaga 87 million kishi tashrif buyurgan, 2018-yil natijalari esa hali e’lon qilinmagan.
Sayyohlar o‘tgan yili Ispaniyada jami 89,7 milliard yevro sarflagan, bu esa 2017-yilga nisbatan 3,1 foiz ko‘proq hisoblanadi. Har bir sayyoh o‘rtacha 1082 yevro sarf qilgan.
Izoh (0)