Sovuq mavsumda ba’zi suv havzalari sathida bir tekis doira shaklidagi muzlik paydo bo‘ladi. Ularning paydo bo‘lishi aniq sabablari hozircha noma’lum, deb yozmoqda Tjournal.
Avvallari u sekin aylanuvchi suv girdobi orqali paydo bo‘ladi deb hisoblangan. Unga tushgan muz parchasi ham aylanib, ularning chetlari girdob shakliga mos ravishda tekkislanib ketadi. Boshqa bir taxminga ko‘ra, girdobdagi suv o‘zi muzlab qoladi, chunki uning harakatlanish tezligi butun suv havzasiga nisbatan past.
Biroq, 2016-yilda tadqiqotchilar tajriba o‘tkazib, girdobni bartaraf etishgan, lekin doira aylanishda davom etavergan. Bundan tashqari, muzlikning o‘zi aylanish sababchisi ekanligi, uning chetlaridan erigan muz suv tubiga tushib, girdob hosil qilishi ma’lum bo‘lgan.
Bu hodisa ko‘pincha Skandinaviya va Shimoliy Amerikada uchraydi, shuningdek Germaniya, Angliya va Rossiyada ham kuzatilgan.
Izoh (0)