O‘zbekiston fuqarosining pasportini o‘rnini bosuvchi identifikatsiya kartasini joriy etish 2021-yildan boshlab joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 18-aprel kuni qabul qilingan qarori bilan 1-noyabrdan boshlab Toshkentda ID-karta tizimini joriy etish rejalashtirilgandi, ammo muddat o‘zgardi.
Davlat personalizatsiya markazi direktori Najmiddin To‘raxo‘jayev O‘zbekiston prezidentining 26-dekabrdagi qaroriga asoslanib ma’lum qilishicha, ID-kartalar 2021-yildan boshlab, ehtimol undan ham vaqtliroq bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bundan avval esa barcha zaruriy infratuzilma yaratilishi lozim.
“O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti fuqaro haqida ham elektron ham qog‘oz ko‘rinishida barcha asosiy ma’lumotlarni tashuvchi sanaladi. Pasportdagi barcha ma’lumotlarni ID-karta joriy etilishi bilan uning chipiga ko‘chirish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa butun respublika bunga tayyor bo‘lishi kerak, ID-karta funksional vazifani bajarishi lozim. Fuqaro boradigan har qanday davlat muassasasida uni qo‘llash mumkin bo‘lgan zaruriy uskunalar bo‘lishi lozim”, — deydi To‘raxo‘jayev.
ID-kartalar bosqichma-bosqich amaldagi milliy pasportlarni o‘rnini bosadi va barcha davlat xizmatlaridan foydalanishda asosiy vosita bo‘ladi.
Izoh (0)