Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Ozarbayjon prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar Davlat agentligi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar xalqaro-huquqiy hamkorlik, davlat xizmatlari sohasida qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, davlat xizmatlari sohasidagi innovatsion yondashuvlar bo‘yicha tajriba almashishni yanada kengaytirishga kelishib olindi. O‘zbekiston salohiyatini o‘rganish va “BMTning davlat xizmatlari taqdim etish sohasidagi mukofoti”, ASAN ISESCO mukofotlari kabi xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish zarurati qayd etildi
Xabarda aytilishicha, Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi 17-yanvarga qadar davom etadi. O‘zbekiston Adliya vazirligi va uning huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbariyati bilan uchrashuvlardan tashqari Buxoro va Samarqand shaharlariga sayohat ham ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)