O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Ozarbayjonning “Oson xizmat” fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar agentligi rahbari Ozod Ja’farli boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga keldi. Bu haqda “Zarafshon” xabar berdi.
Mehmonlar Prezidentning Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Ozod Ja’farli Xalq qabulxonalarida aholi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgani, davlat boshqaruvi organlari, huquq-tartibot idoralari va boshqa tashkilotlar shu yerda sayyor qabullar o‘tkazishini o‘rgansa arzigulik tajriba deb baholadi. Xalq qabulxonalarining tuman va shaharlarda ham tashkil etilgani esa aholi uchun katta qulaylik ekanligini ta’kidladi.
Ozarbayjonlik mehmonlar Samarqandning muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarini ham ziyorat qildi.
Izoh (0)