• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston universitetlari top-1000 talikka qachon kiradi? 

    Odiljon Abdurazzoqov AQShning Kolorado universitetida biznes boshqaruvi ixtisosi bo‘yicha bakalavr va magistr darajasini olgan. Doktorlik ilmiy tadqiqotini Garvard universitetida olib borgan. So‘nggi besh yil davomida Germaniyaning Kyoln biznes universiteti, Gollandiyaning Mastrixt universiteti va Ozarbayjon diplomatiya akademiyasida ishlagan. 2017-yilda “Innovatsion faoliyatlarni rivojlantirishda texnologiya transferining roli” mavzusidagi ilmiy ishini himoya qilgan. Hozirda Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida faoliyat olib bormoqda.

    Foto: Odiljon Abdurazzoqov

    Foto: Odiljon Abdurazzoqov

    Xorijdagi universitetlardan birida ishlagan vaqtimda har yili universitetlar reytingi e’lon qilingan vaqtda oliy o‘quv yurtimizning bu yilgi reytingini bilishga oshiqardik va kutganimizdan ham yuqoridaligimizni ko‘rib bir-birimizni tabriklardik. Men esa shu reytingda O‘zbekistonning biror universiteti top (yuqori) mingtalikdan joy oldimikan deya ro‘yxatni o‘qishda davom etardim. Afsuski, hatto top 5000 talikda ham biror universitetimiz nomini ko‘rmay peshonam tirishardi.

    Nahotki Qozog‘iston, Ozarbayjon singari davlatlarning bir emas, bir necha universiteti top 1000 talikka kirsa-yu, Xorazmiy, Ibn Sino, Ulug‘beklarning vatanidagi biror universitet top 5000 likka ham kira olmasa? Axir O‘zbekistonning birinchi universiteti tashkil topganda Qozog‘istonda ham, Ozarbayjonda ham universitet yo‘q edi-ku? (ma’lumot uchun, O‘zbekiston Milliy universiteti 1918, Boku davlat universiteti 1919, Qozoq milliy pedagogika universiteti esa 1928-yilda tashkil topgan). Sobiq ittifoq davrida ham o‘zbek olimlari ittifoqning eng kuchlilaridan hisoblangani sir emas.

    Mustaqillikdan keyin ham davlat tarafidan ta’limga katta e’tibor qaratildi. Toshkentda bir necha xorijiy universitetlarining filiallari ochilgan. Shularni o‘ylarkan, ko‘p savollarim javobsiz qolardi.

    “Ajoyib binolarda oddiy odamlar emas, oddiy binolarda ajoyib odamlar ishlagani ma’qul”

    Xorijda magistr va doktorlik ilmiy darajasi olish, keyin esa pedagogik tajriba orttirish uchun 11 yil o‘tkazgach, 2018-yil iyun oyida faoliyatimni vatanda davom ettirish uchun O‘zbekistonga qaytdim. Qaytganimdan bir necha kun o‘tib “Buyuk Kelajak” ekspertlari ishtirokidagi forumda qatnashish uchun Toshkentdagi Inxa universitetida bo‘ldim. Universitet binosi va xonalarning jihozlanishi hatto Amerika va Yevropadagi universitetlar talabalarining havasini keltiradigan darajadaligini ko‘rib quvondim. Keyinchalik Toshkentdagi yana bir necha universitetning yangi binolari va zamonaviy jihozlangan xonalarini ko‘rib, universitetlar binolariga katta investitsiya qilinganligi guvohi bo‘ldim. Keyin esa o‘ylab qoldim: universitetlar yangi bino qurish, xonalarni jihozlashga sarflangan mablag‘ga mutanosib ravishda professor-o‘qituvchilarga ham investitsiya qilyaptimi?

    Har bir universitetning eng muhim resursi uning olim va o‘qituvchilari hisoblanadi. Universitetlar inson kapitali, ya’ni olim va o‘qituvchilar malakasi, bilim va tajribasini oshirishga kiritilgan investitsiyani eng muhim investitsiya sifatida tan olmaguncha universitetlarimizning xalqaro reytingi oshmasligi aniq. Inson kapitaliga investitsiya faqat ularning maoshi bilan bog‘liq emas, balki ularning pedagogik va tadqiqot qobiliyatini o‘stirish hamda ilmiy darajasini oshirishni ham o‘z ichiga oladi. Xorijiy universitetlarning Toshkentdagi filiallarida ko‘plab o‘qituvchilar 5-10 yildan beri magistr darajasi bilan ishlayotgani, faoliyat yuritayotgan universitetlari esa ularni fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasini olishga yetarli tashviq etmayotganligi shuni ko‘rsatadiki, hozirda universitetlarimizda inson kapitaliga investitsiya bino va jihozlarga sarflangan investitsiyaga mutanosib emas.

    Garvard universitetida ilmiy rahbarim professor Lerner bilan MDH davlatlari innovatsion rivojlanishga sarflayotgan investitsiyalarni tahlil qilayotganimizda aytgan bir gapi hech esimdan chiqmaydi: “Ajoyib binolarda oddiy odamlar emas, oddiy binolarda ajoyib odamlar ishlagani ma’qul”. Uning bu gapi innovatsion rivojlanish uchun xashamatli texnoparklar va innovatsiya markazlari qurgan, lekin kuchli innovatorlar yo‘qligi sabab arziydigan natija ololmagan Rossiya va Qozog‘iston haqida edi. Lekin, uning bu xulosasi O‘zbekistondagi universitetlarning vaziyatini o‘nglashda ham dolzarb.

    Foto: Odiljon Abdurazzoqov

    Foto: Odiljon Abdurazzoqov

    “To‘rt devor orasida talaba o‘qitmayman”

    Magistraturani bitirgach, bir yil AQShning Kolorado shtati Moliya vazirligi tadqiqotlar boshqarmasida, keyin esa T-Mobile kompaniyasining korporativ savdo bo‘limida ishladim. O‘sha vaqtda menga Ozarbayjondagi universitetlardan biridan ish taklifi keldi. Ham vatanga yaqinroq bo‘lgani uchun, ham o‘zimning pedagogik qobiliyatimni sinashga bo‘lgan qiziqish sabab bu taklifni qabul qildim.

    Menga universitet rahbariyati ba’zi talabalar Yevropa va AQSh universitetlariga ketib qolayotganini aytdi. Shuning uchun AQSh va Yevropa universitetlarida ham mavjud bo‘lmagan yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishni boshladim. Ozarbayjondagi bir necha kompaniya rahbarlari bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandim va talabalarim orqali bu muammolarni to‘lov evaziga hal etishni boshladik. Tez orada birinchi va ikkinchi kurs talabalaridan haqiqiy biznes konsultantlar shakllandi va bu jarayonga qiziqqan kompaniyalar, universitetlar soni orta boshladi. Bu loyihalarimni universitet rahbariyati to‘la qo‘llab-quvvatladi. Chunki bu universitetning o‘qitish falsafasiga to‘liq mos tushgandi.

    Universitet nafaqat Ozarbayjon, balki xalqaro reytinglarda munosib joy olgandi. QS reytingida 670-o‘ringa qo‘yilgan bu universitet ko‘plab Amerika va Yevropa universitetini ortda qoldirgandi. Faqatgina bir binoga ega bu universitet asosiy investitsiyani bino va jihozlarga emas, balki professor-o‘qituvchilariga kiritardi. Agar biror o‘qituvchi magistr darajasi bilan ish boshlasa, undan tezlik bilan doktorlik darajasi olishni talab qilar va kerakli har qanday yordamni ayamasdi. Bunga qo‘shimcha ravishda professor-o‘qituvchilarning tadqiqot ko‘nikmalarini oshirish maqsadida har uch yilda xorijiy universitetlarning tadqiqot markazlariga yuborardi. Shuningdek, universitetda yuksak impakt faktorli jurnallar talabiga mos maqola yozishga o‘rgatish maqsadida treninglar tashkil etilardi. Natijada ham o‘qituvchilar, ham universitet manfaat ko‘rardi.

    Universitetning yana bir farqli jihati shunda ediki, ixtisosidan qat’iy nazar talabalar amaliy ko‘nikma olishlari eng ustuvor masala hisoblanardi. Bokuda faoliyat yuritayotgan British Petrolium (BP) kompaniyasi universitet rahbariyatiga kimyo va mexanika muhandisligi ixtisoslari bo‘yicha talaba tayyorlashni taklif qilganida rektor buni rad etarkan, shunday javob bergandi: “Universitetimizda kimyo va mexanika muhandisligi laboratoriyalari yo‘qligi uchun men bu ixtisoslar bo‘yicha talaba o‘qitishga tayyor emasman. Biz to‘rt devor orasida talaba o‘qitmaymiz”. Bunga javoban esa, BP kompaniyasi universitetda har biri bir million yevrolik kimyo va mexanika laboratoriyalari qurib, jihozlab bergandi.

    Bundan tashqari universitetga Azercell kompaniyasi 4G laboratoriyasi, FAB kompaniyasi esa sinxronik tarjima laboratoriyasi qurib bergandi. Amaliyotga asoslangan bunday o‘qitish uslubi nafaqat Ozarbayjon, balki dunyo miqyosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratardi. Shuning uchun ham universitetda 30ga yaqin davlatdan kelgan talabalar o‘qirdi. Bu o‘z navbatida universitetning xalqaro reytingi oshishiga hissa qo‘shardi. Universitet professorlarining aksari ilmiy darajaga egaligi, ular tarafidan yuksak impakt faktorli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilishi, laboratoriyalar bilan ta’minlanganligi, bitiruvchi talabalarning o‘z ixtisoslari bo‘yicha ish topish darajasi 90 foizga yaqinligi, xalqaro talabalarni jalb eta olishi va biznes sektori bilan yaqin hamkorlik kabi omillar universitetning yuqori reytingga erishishini ta’minlardi.

    Universitetlarimizni xorijdagi o‘zbek olimlari xalos etadimi?

    So‘nggi ikki yilda deyarli barcha sohada o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Oliy ta’lim sohasi ham islohotlardan chetda qolayotgani yo‘q. Sohadagi eng muhim o‘zgarish bu universitetlar sonining oshganida. Ikki yil avval aholisi O‘zbekistonning yarmiga teng Qozog‘istonda universitetlar soni O‘zbekistondagidan ikki barobar ko‘p va mutanosib ravishda universitetga qabul darajasi Qozog‘istonda 45, O‘zbekistonda esa 10 foizga teng edi. 2017—2018-yillarda 10 dan ortiq yangi universitet ochildi. Umid qilamizki, 2019-yilda bu jarayon yanada tezlashadi va yaqin kelajakda maktab bitiruvchilarining 50-60 foizi oliygohlarda o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Universitetda ta’lim olish yoshlarimiz orzusi emas, balki rejasiga aylanadi.

    Universitetlar soni ortishi muammoning bir tarafini hal qilsada, ikkinchi (balki muhimroq) tarafi sifat bilan bog‘liq. O‘zbekistonga qaytgach, Toshkentdagi va viloyatlardagi bir necha universitet rahbariyati bilan uchrashdim hamda universitetlarda professor-o‘qituvchilar malakasi bilan bog‘liq jiddiy muammolar borligini ko‘rdim. Davlat universitetlarida ham, xorijiy universitetlar filiallarida ham o‘qituvchilarning katta qismi magistr darajasida ekanligi muammoning naqadar jiddiyligini ko‘rsatadi. Xorijiy universitetlar filiallarida xorijda tahsil olgan o‘qituvchilar bo‘lsada, ularning aksari ilmiy darajaga ega emasligi, davlat universitetlarida esa xorijda tahsil olgan professor-o‘qituvchilar deyarli yo‘qligi achinarli holdir.

    Prezident tarafidan 2018-yilda tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasining asosiy vazifalaridan biri etib xorijdagi o‘zbekistonlik olim va yuqori malakali mutaxassislarni O‘zbekistondagi islohotlar jarayoniga jalb etish belgilandi. Shuningdek, jamg‘armaga 2019-yildan boshlab magistr va doktorlik darajasini olish uchun talabalarni xorijiy universitetlarga yuborish vazifasi yuklatildi. Bu tadbirlar kelajakda oliy ta’limdagi professor-o‘qituvchilar malakasi bilan bog‘liq muammoni hal qiladi degan umiddaman va o‘ta zarur bu qadamni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Inson kapitaliga qilingan investitsiya albatta o‘zini oqlaydi.

    Foto: Odiljon Abdurazzoqov

    Foto: Odiljon Abdurazzoqov

    “Umumiy mahraj” topilishi zarur

    Har qanday loyihada bo‘lgani kabi, xorijda olim va mutaxassis tayyorlash loyihasi ham jiddiy moliyaviy resurslarni talab etadi. Keling, bu jarayonni eng sodda ko‘rinishda iqtisodiy tahlil qilib ko‘raylik. O‘z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, AQSh yoki Britaniyada magistrlik darajasi olish uchun universitet reytingiga qarab bir talaba yashash xarajatlari bilan birga 50-100 ming dollar atrofida mablag‘ sarflaydi. Doktorlik ilmiy darajasi (PhD) uchun esa yiliga o‘rtacha 50 ming dollardan 4-5 yil davomida 200-250 ming dollar sarflanadi. Demak, agar “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali bir talabani magistr va doktorlik dasturida AQSh yoki Britaniyada o‘qitilsa, bu davlatga taxminan 300 ming dollarga tushar ekan (ta’lim arzonroq yoki bepul bo‘lgan davlatlarda bu xarajat albatta kamroq bo‘ladi). Talaba magistr va doktorlik darajasini bitirib qaytguncha esa kamida 6-7 yil kutishimiz zarur.

    Bugungi kunda dunyoning nufuzli universitetlarida faoliyat olib borayotgan yuzlab olim va professorlarni O‘zbekistondagi universitetlarga qaytarish bo‘yicha real reja ishlab chiqsak, har bir qaytgan olim yuz minglab dollarni tejab qolishimizga yordam beradi. Eng muhimi, ulardan 6-7 yildan keyin emas, darhol manfaat olishni boshlashimiz mumkin. Bugunga qadar biz xorijdagi olimlarimiz qaytmaydi degan fikrda bo‘lganmiz, shuning uchun ularni qaytishga undasakda, ular oldiga real taklif qo‘yilganmikin?

    Xo‘sh, real taklif qanday bo‘ladi? Ular shu vatanda ulg‘aygan bo‘lsa, vatanga qaytib el qatori ishlashdan nima to‘smoqda? Xorijda 5-10 ming dollar atrofida maosh olayotgan professor vatandoshimizga O‘zbekistonda 3 million so‘mlik maosh jozibador emasligi tabiiy. Shuningdek, ularga xorijdagidek 5-10 ming dollar maosh to‘lash ham davlatga iqtisodiy jihatdan qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Demak, ularni O‘zbekistonga qaytarish uchun har ikki tarafni hisobga oladigan “umumiy mahraj” topilishi zarur.

    Masalan, qaytgan olim O‘zbekistonning qaysi universitetida ishlashiga qarab shu shahardan uy-joy, tadqiqotlarini erkin davom ettira olishi uchun sharoit yaratish kabi takliflar orqali ularni qaytarishga erishish mumkin deb o‘ylayman. Bu “umumiy mahraj” qancha tez ishlab chiqilsa va xorijdagi olim vatandoshlarimiz universitetlarimizga qancha tez qaytib kelsa, tezlik bilan soni o‘sayotgan universitetlarimizni munosib kadrlar bilan to‘ldirishga va Prezident boshlagan islohotlarni amalga oshirishga shunchalik tez erishamiz. Xalqaro tajriba va yuqori malakaga ega olimlarimiz nafaqat universitetlarda yuqori sifatli ta’lim berilishi va xalqaro miqyosda ahamiyatli tadqiqotlarni olib borilishi, balki respublikada har bir sohada rejalashtirilayotgan islohotlarni amalga oshirishda ham katta hissa qo‘shishlari mumkin.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    15.01.2019, 21:14   Izoh (0)   27540
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bu kadrlar tasodifan o‘ylab topilgan: aktyorlarning eng mashhur improvizatsiyalari

    Kino | 29 may, 14:50

    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul!

    Reklama | 29 may, 13:30

    O‘zbekiston va Italiya strategik sherikligini mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzolandi

    O‘zbekiston | 29 may, 14:43

    Amerikalik qiz manti tugishni o‘rgatib minglab dollar ishlab topmoqda

    Layfstayl | 29 may, 14:30

    “An-Nassr” Ronaldu klubdan ketishini e’lon qilishga tayyorlamoqda — Marca

    Sport | 29 may, 14:12

    Moskva viloyatida O‘zbekiston va Rossiya muzeylarining bir asrlik noyob suratlari ko‘rgazmasi ochildi

    Madaniyat | 29 may, 14:06

    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

    Reklama | 29 may, 12:00

    O‘zbekistonda may oyida qancha pensiya to‘langani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 29 may, 14:05

    O‘zbekistonda Italiya yetakchi kompaniyalari bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushirish taklif qilindi

    O‘zbekiston | 29 may, 13:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.