Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-maktab direktori Ahmadjon Ne’matullayev joriy yil 11-yanvar kuni tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, 2018-yilning 23-sentabr kuni xususiy tadbirkor bilan maktabda turniket o‘rnatish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Shartnomada ko‘rsatilgan summaning 95 foizi, ya’ni 29 million so‘m oldindan tadbirkorga berilgan.
Biroq tadbirkor tomonidan shu kungacha hech qanday xizmat ko‘rsatilmagan, maktab jamoasi va o‘quvchilarning huquqlari buzilgan.
Ushbu murojaat tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. 12-yanvar kuni maktabga turniket o‘rnatildi.
Izoh (0)