• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Madina shahrida o‘qimoqchi bo‘lib pasportini soxtalashtirgan andijonlikka jazo tayinlandi

    Madina shahridagi Jomeat ul-Islomiya Universitetida tahsil olmoqchi bo‘lib, fuqarolik pasportini soxtalashtirib, qariyb 10 yil Saudiya Arabistonida yashagan fuqaro D.Q.ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudi tomonidan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudi raisi Nosirjon Rasulovning ma’lum qilishicha, Andijon shahrida yashagan 1976-yilda tug‘ilgan D.Q. 2008-yilning sentabr oyida Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Jomeat ul-Islomiya Universitetida o‘qish istagida qonunga xilof ravishda qo‘shni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga o‘tib, u yerda tergovda aniqlashni imkoni bo‘lmagan shaxs yordamida 500 AQSh dollari evaziga o‘zining fotosurati tushirilgan, 1983-yil 19-martda tug‘ilgan Abdurahmon Ibragimov nomiga rasmiylashtirilgan qalbaki Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolik pasportini olgan. So‘ngra undan foydalanib, xorijga chiqish ruxsatnomasi stikerni rasmiylashtirmasdan, 2008-yil 11-sentabr kuni Bishkek-Istanbul-Jidda yo‘nalishidagi aviareys orqali Saudiya Arabistoniga borgan. Universitetga kira olmagach, bir necha shaxslardan diniy ta’lim olib yurgan.

    2013-yil aprel oyida onasining betobligidan xabar topib, Madina-Istanbul-O‘sh yo‘nalishidagi aviareys orqali dastlab Qirg‘izistonning O‘sh shahriga kelib, Farg‘ona viloyati Vodil tumani hududidagi aylanma yo‘llar orqali belgilangan tartibni buzib, Andijon shahriga kelgan. Yashash manzilida bir necha kun bo‘lib, onasi vafotidan so‘ng yana o‘sha yo‘l orqali Arabistonga jo‘nab ketgan.

    2017-yilda Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan qirollikda noqonuniy yashab kelayotgan fuqarolarni davlatdan chiqib ketishlari haqida qaror qabul qilinganidan so‘ng Qozog‘istonning Chimkent shahriga ko‘chib o‘tgan. Tanishlari yordamida ish topib fermada ishlayotganida 2018-yilning fevral oyida ichki ishlar xodimlari kelib, noqonuniy yurgani sababli vaqtinchalik bir oydan ortiq muddat davomida qamoqxonada saqlashgan.

    2018-yilning aprel oyida qalbaki fuqarolik pasporti bilan Toshkent viloyatida joylashgan “G‘isht ko‘prik-avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan vaqtda harbiy qism chegara naryadi tomonidan ushlangan.

    Sud hukmiga ko‘ra, u JKning 223-moddasi 2-qismi “v” bandi, 228-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilgan va 59-moddasiga asosan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Jazoni o‘tash davomida yashash xonadonini kechki soat 21:00 dan tonggi soat 6:00 ga qadar tark etmaslik, nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash va ish joyini o‘zgartirmaslik haqidagi qo‘shimcha taqiqlar yuklangan.

    12.01.2019, 15:00   Izoh (0)   101843
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shunqor Xudoyberdiyev Pastdarg‘om tumani hokimi etib tayinlandi

    12.01.2019, 14:20

    Andijonda uch egizak tug‘ildi. Ularga Umar, Holid va Ali ismlarini qo‘yishmoqchi

    12.01.2019, 13:35

    Sudyalarning pensiya ta’minoti shartlari belgilandi

    12.01.2019, 12:45

    Farg‘onada o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik festivalida 30 mingdan ortiq kishi qatnashdi (foto)

    12.01.2019, 12:20

    O‘zbekistonda kreditlashning yangi tartibi joriy etiladi

    12.01.2019, 11:45

    Iqtisodiyot va sanoat vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

    12.01.2019, 10:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.