Dog‘istondagi Leninaul qishlog‘ida iflos suvdan zaharlanganlar soni 77 kishiga yetdi, 17 nafar jabrlanuvchi kasalxonaga yotiqizilgan, deb xabar beradi “RIA Novosti” hududiy sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
2—8-yanvar kunlari o‘tkir ichak infeksiyasi belgilari bilan shifokorlarga 60 dan ortiq kishi murojaat qilgan. Infeksiya avj olishiga ifloslangan suv sababchi bo‘lgani aniqlandi.
Kasalxonaga yotqizilganlar orasida 10 nafari bolalardir. Kasallikning og‘ir holatlari qayd etilmagan.
Izoh (0)