Nyu-yorklik shaxs qozog‘istonlik Ayee Tulemaganbetovaning o‘n ming dollar bo‘lgan yo‘qolgan sumkasini topib, unga qaytarib berdi, deb yozmoqda “Tengrinews”.
Xabarda aytilishicha, ayol sumkani dekabr oyida metroda yo‘qotib qo‘ygan bo‘lib, undagi pullarga bolalarga yangi yil sovg‘alari olmoqchi bo‘lgan.
Sumkani platformalarning birida amerikalik Richard Tavern topib olgan. U sumka egasini topishga qaror qilgan va 10-yanvar kuni uni topgan.
“Richard juda sofdil inson. Uning qilgan ishi AQShda yashovchi fuqarolar haqidagi fikrimni o‘zgartirdi”, — deydi Tulemaganbetova.
Qozog‘istonlik ayol minnatdorchilik sifatida ming dollarni bolalar uchun xayriyaga sarfladi. Richard Tavernga esa Qozog‘istonda kuch va hurmatni ifodalovchi “Oltin inson” haykalini sovg‘a qildi.
Izoh (0)