Suriya demokratik kuchlari tomonidan 6—7-yanvar kunlari Xadjin aholi punktida olib borilgan maxsus operatsiyalar natijasida sakkiz nafar xorijliklar qo‘lga olingan. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi.
Shulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari — Odil Rahimov (Abu Amina O‘zbekiy, 58 yosh) va Farhod Qaderov (Abu Bilol O‘zbekiy, 28 yosh). Shuningdek, Tojikiston, Rossiya, Ukraina, AQSh va Germaniya fuqarolari ham bor.
Hozirda Suriya demokratik kuchlari va Islom demokratik davlati o‘rtasidagi jang Shafa aholi punktida bo‘lib o‘tmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)