Xitoyning Xarbin shahrida dunyodagi eng yirik qor va muz festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Kichik shaharni eslatuvchi ekspozitsiya 600 ming kvadrat metr maydonni egallagan bo‘lib, saroylar qasr va geometrik figuralardan tashkil topgan.
Festivalni ochilishiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarida qariyb 10 ming kishi qatnashgan, ularga buning uchun 110 ming kub metrdan ko‘p muz va 120 ming kub metr qor kerak bo‘lgan.
Izoh (0)