Avstriyada kuchli qor bo‘ronidan keyin uch nafar chang‘ichi halok bo‘ldi, to‘rt nafari esa bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ikki nafar germaniyalik chang‘ichi Forarlaberg hududining g‘arbida yuz bergan qor ko‘chishi oqibatida halok bo‘lgan, sloveniyalik chang‘ichi esa Zaltsburg hududida halok bo‘lgan.
To‘rt nafar sayyoh esa Zaltsburgda bedarak yo‘qolgan.
O‘tgan haftaning chorshanba kunidan boshlab Avstriyaning shimolida 1,5 metrgacha qor yog‘gan. Zaltsburgdagi tog‘larda esa qor ikki metrgacha yog‘gan.
Izoh (0)