Kiyevdagi 2014-yili huquq-tartibot xodimlari tomonidan tintuv davomida talon-taroj qilingan Graff zargarlik do‘koni egalari davlatdan 25,4 million grivna (900 ming dollar atrofida) undirib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mazkur holat bo‘yicha uchta jinoiy ish ochilgan, tintuv o‘tkazgan 10 kishi — Kiyev prokuraturasi va politsiyasi xodimlariga ayblov e’lon qilingandi.
Ular do‘konni tark etgandan so‘ng zargarlik mahsulotlari, soatlar va seyfdagi pullar g‘oyib bo‘lgani aniqlangan. Mazkur ishning ko‘rib chiqilishi va jabrdiydalarga ko‘rilgan zararning qoplab berilishi 4 yildan oshiq davom etdi.
Izoh (0)