2018-yilning noyabr oyida yo‘qolib qolgan Shimoliy Koreyaning Italiyadagi sobiq elchisi vazifasini bajaruvchi Cho Son Gil Italiya hukumatidan boshpana va himoya so‘radi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Italiya hozircha ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi. KXDR elchisi v.b. o‘z rafiqasi bilan diplomat vakolati tugashiga bir necha hafta qolganda rasmiy qarorgohni tark etdi.
Elchi Italiya tomonidan Shimoliy Koreyaning yadro sinovlari va katta masofaga raketa uchirilishiga qarshi norozilik belgisi sifatida 2017-yilning oktabr oyida undan avvalgi elchi Mun Chon Nam jo‘natib yuborilganidan so‘ng lavozimga tayinlangandi.
Noyabrda KXDRning Italiyadagi vakili sifatida Kim Chon tayinlanishi kerak edi.
Izoh (0)