4-yanvarga o‘tar kechasi Novgorod viloyatining Okulovskiy tumani “Bolshoye Borotno” qishlog‘idagi xususiy uyda yuz bergan yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”.
“Kuchli yong‘in yuz berdi, oqibatda besh kishi halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uyda olti kishi bo‘lgan. Hodisa joyida ish olib borishmoqda. Jasadlarni chiqarib olishganidan so‘ng ular beshta yoki oltita ekanligi aniq bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Yong‘in haqidagi ma’lumot 3-yanvar kuni kechqurun kelib tushgan. Yong‘in oqibatida uy to‘liq yonib ketgan.
Izoh (0)