Internetda Ukraina davlat qo‘riqlash boshqarmasi xodimining o‘ldirilishi aks etgan video paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Kiyevda 3-yanvarga o‘tar kechasi 26 yoshli qo‘riqlash xizmati xodimi va ikki itni yetaklagan erkak o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjal chog‘ida it yetaklagan erkak kutilmaganda raqibining jag‘iga zarba bergan.
Shundan so‘ng Ukraina davlat qo‘riqlash boshqarmasi xodimi yerga yuztuban yiqilib, hushiga kelmay vafot etgan.
Dastlabki xulosaga ko‘ra, xodim boshga berilgan zarba oqibatida vafot etgan.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, qotillikda gumonlanuvchi taniqli ukrainalik bokschi ekanligi aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bokschi o‘n besh yilgacha qamalishi mumkin.
Izoh (0)