• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada gaz “zapravka”laridagi narxlar 1950 so‘mgacha tushirilmoqda

    2019-yil 1-yanvardan boshlab mamlakat soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga kengroq tatbiq etish boshlandi, deb yozadi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shu bilan birga, tovarlar xarid qilinganda, ayrim savdo markazlarida mahsulotga belgilangan narx tarkibidagi QQS miqdori xarid chekida ifodalanishi ko‘pchilikda xavotir uyg‘otmoqda. Ya’ni, tovarlarga QQS qo‘shilib, narx-navo oshib ketyaptimi? Yoki vodiyda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida (“zapravka”) narxlar 300-400 so‘mga oshirilgani asoslimi?
    Shu kabi savollarga Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan soliq islohotlari Konsepsiyasi doirasida 2019-yil 1-yanvardan mamlakat soliq tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan Farg‘ona, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari hamda Rishton, Beshariq va Uchko‘prik tumanlarida tashkil etilgan seminar-treninglarda batafsil javob berildi. Ta’kidlash joiz, tadbirlarda umumbelgilangan soliqlar to‘lash tartibiga o‘tayotgan hududdagi ko‘plab tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Bu haqda viloyat Davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
    Seminarlarda asosiy e’tibor viloyatdagi umumbelgilangan tartibdagi soliqlar, xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash tartibiga o‘tayotgan turli tarmoq (umumiy ovqatlanish, qurilish, savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, audit) vakillariga soliq islohotlari natijasida yuzaga kelgan o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishga qaratildi.
    – 1-yanvardan mahsulotlar narxi 20 foizli QQS hisobiga oshdi deganlar uchun ta’kidlashim kerakki, ushbu soliq turi mahsulot narxiga qo‘shimcha ravishda qo‘shilgani yo‘q, u avval ham bor edi, faqat ko‘pchilik e’tibor bermagan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mirziyod Mahkamov. – 20 foizli QQS ko‘rsatilgan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan cheklarga kelsak, tekshirilganda ma’lum bo‘ldiki, ular dekabr oyida qayd etilgan. Yanvar oyining boshi dam olish kunlari ekanligini hisobga olsak, yangi tizim endi ishga tushyapti. Endi narx-navo osharkan deya, xavotirlanishimizga hech qanday asos yo‘q.
    Shuningdek, 2019-yil 1-yanvardan QQSning standart 20 foizlik stavkasi hamda tadbirkorga qulaylik yaratish maqsadida yillik tovar oboroti 1 milliarddan 3 milliardgacha bo‘lganlarga soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etilayotganligi qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
    – Bizning yillik tovar aylanmamiz 1,4 milliard so‘m atrofida, – deydi Yozyovon tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “Nigora Nizomova” xususiy korxonasi rahbari Muzaffar Abdullayev. – Yangi joriy etilgan tartibga ko‘ra, biz yagona soliq to‘lovidan umumbelgilangan tartibdagi soliqlar to‘lashga o‘tayapmiz. Demak, biz ham QQS to‘lashimiz zarur ekan. 20 foizli stavkani eshitib dastlab, bu holat narxlar oshishiga sabab bo‘lmaydimi, degan xayolga borgandim. Bugungi seminardan so‘ng fikrim butunlay o‘zgardi. Ya’ni, agar tovarlarni olib kelishda 20 foizlik QQS to‘lovchi bilan hamkorlik qilsam, men sotayotgan tovardan QQS to‘layotganimda hamkorim to‘lagan QQS ham hisobga olinar ekan, shuning hisobiga narxlarda hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi. Agar hamkorim QQS to‘lovchi bo‘lmasa, soddalashtirilgan QQS tartibida pasaytirilgan stavkada soliq to‘lashim men uchun qulayroq ekan.
    Shuningdek, vodiyda avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalarida kuzatilayotgan narx oshishiga ham mutasaddilar tomonidan munosabat bildirildi.
    – Farg‘onada gaz “zapravka”laridagi bosim bilan birgalikda narxlar ham 300-400 so‘mga oshirildi degan xabarlarni oldik. Bunga yonilg‘iga nisbatan aksiz solig‘i joriy etilganligini sabab qilib ko‘rsatishayotgan ekan, – deydi Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nazirjon Polvonov. – Xabaringiz bor, 2018-yil 1-noyabrdan gaz narxi 11 so‘mga oshib, 1900 so‘m etib belgilangan edi. Vaholanki, 2019 yil 1 yanvardan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning o‘rniga aksiz solig‘i joriy qilinishi hisobiga soliq miqdori atigi 55 so‘mga oshgan. Shu munosabat bilan, biz kuni kecha viloyatimizdagi gaz “zapravka”lari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdik va ularga gaz narxini asossiz oshirganliklarini batafsil tushuntirdik. Natijada, metan gaz narxlari 1950 so‘mgacha tushirilmoqda.
    Tadbirlarda 2019-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimiz soliq tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan barcha uchun tushunarli, sodda va ko‘rgazmali shaklda tayyorlangan infografikalar soliq to‘lovchilar ixtiyoriga havola etildi.
    Seminarlarda 2019-yil 1-yanvardan hududiy davlat soliq inspeksiyasida QQS to‘lovchilar ro‘yxati shakllantirilganligi hamda har bir QQS to‘lovchiga Boshqarmadan mas’ul xodim biriktirilganligi, bundan tashqari “Soliq-servis” DUKning hududiy filiallari orqali istalgan savolga mutaxassislar tomonidan javob topish mumkinligi alohida qayd etildi.
    Davlat soliq idoralari insofli soliq to‘lovchiga istalgan paytda amaliy ko‘mak berishga tayyorligi hamda bu xizmatlar bepul amalga oshirilishi ta’kidlandi.

    04.01.2019, 17:41   Izoh (0)   47854
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuratura 400 ming dollar pora bilan ushlangan Yunusobod hokimi ishi haqida ma’lumot berdi

    04.01.2019, 17:32

    5-yanvar kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin

    04.01.2019, 17:29

    Namanganda ruxsatsiz shar’iy nikoh o‘qigan domla jarimaga tortildi

    04.01.2019, 17:17

    Samarqandda fermerning ukalari xo‘jalikda ishlagan ayolni kaltaklab, buni videoga oldi

    04.01.2019, 17:06

    O‘zbekiston Turkiya foydali qazilmalarni qidirish bilan shug‘ullanadigan ikkinchi mamlakatga aylanadi

    04.01.2019, 17:00

    Toshkent viloyatida yuz bergan yong‘inda uy egasi yonib ketdi

    04.01.2019, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Finlyandiyada deputat parlament binosida o‘z joniga qasd qildi

    Dunyo | 20 avgust, 00:29

    AQSH Ukrainada qo‘shin joylashtirmaydi — Oq uy

    Dunyo | 20 avgust, 00:03

    “Qo‘llari bilan uryapti deb o‘ylagandim”: Toshkentda xotinini salkam 20 marta pichoqlagan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:45

    O‘shda O‘zbekiston—Qirg‘iziston biznes forumi bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:35

    Makron Putinning Ukrainada “hozir tinchlikka erishishga tayyor ekanligiga” shubha bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:25

    Kolumbiyada yangi tug‘ilgan qizaloqqa ChatGPT sharafiga ism berildi

    Dunyo | 19 avgust, 23:15

    Tramp Ukrainadagi tinchlik uni jannatga yetaklashi mumkinligiga umid bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.