Namangan shahrida FHDYo idorasida nikohdan o‘tmaganlarni shar’an nikohlagan domla ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi vakili Go‘zal Sharipovaga tayanib, UZ24 xabar bermoqda.
Namangan shahri “Sohibkor” mahallasida yashovchi kelin-kuyovning shar’iy nikohini o‘qigan domla Hasan Ahmadjonov ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Qayd etilishicha, kelin-kuyov amaldagi tartibga ko‘ra, avval FHDYo idorasida nikohdan o‘tishi, so‘ngra shar’iy nikoh o‘qilishi lozim edi. Ammo kelin-kuyov faqat shar’iy nikohdan o‘tgan, xolos. Prokuratura nashriga ko‘ra, kelin-kuyov faqat shar’iy nikoh o‘qitgan hollarda ular ajrashib ketsa, kelin va uning zurriyodi ko‘chada qoladi, ularga na sud va na boshqa idoralar yordam bera oladi.
Izoh (0)