2019-yilning 4-yanvar kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
“Bog‘iston” MFYda yashovchi fuqaro B.Sh.ning uyida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish chog‘ida uy egasining kuygan holdagi jasadi topildi.
Bundan tashqari yong‘in uyning 140 kvadrat metr maydonida tomi, shifti, jihozlariga zarar yetkazgan.
Yong‘in kelib chiqishining sababi aniqlanmoqda.
Izoh (0)