Interkontinental birjasidagi savdolar chog‘ida Brent turidagi Shimoliy dengiz neftining narxi 1,166 foizga pasayib, bir barrel uchun 53,18 dollarni tashkil qilgan. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Brent neftining narxi 2018-yil oktabr oyining o‘rtasidan buyon pasaymoqda. 24-dekabrda uning narxi 2017-yil 31-avgustidan buyon birinchi marta 51 dollardan pasaygan, shundan keyin qisqa muddatga 54 dollardan yuqoriga ko‘tarilgan va yana tushishni boshladi.
WTI neftining narxi 1,67 foizga pasayib, bir barrel uchun 44,66 dollarni tashkil qilgan.
Izoh (0)