30-dekabr, yakshanba kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi 2018-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra taqdirlash marosimini o‘tkazdi.
Jamoa joriy mavsum O‘zbekiston Superligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Taqdirlash marosimida futbolchilar, murabbiylar va klub tizimida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbir jarayonida klubning mavsumdagi eng chiroyli gollar o‘nligi yig‘ilganlarga namoyish etildi.
Klub jamoaning asosiy tarkib o‘yinchilari va murabbiylar shtabini Chevrolet Gentra avtomobili bilan taqdirladi. Taqdirlangan o‘yinchilar orasida yaqindagina Janubiy Koreyaning “Seul” futbol klubi bilan shartnoma imzolagan Ikromjon Aliboyev ham bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)