Andijondagi hayvonot bog‘ida sher qorovulni g‘ajib tashladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Mazkur voqea Xo‘jaobod tumanining Xidirsha mahallasi hududidagi “Usmonobod fayzi” MChJga qarashli hayvonot bog‘ida yuz bergani bildirilmoqda.
2018-yil 30-dekabr kuni bu yerda qorovul bo‘lib ishlagan, Xo‘jaobod tumani, Ko‘prikboshi mahallasida yashovchi 45 yoshli H.A. qafasda saqlanayotgan sherga yemish berayotgan chog‘ida yirtqich unga tashlangan. Og‘ir tan jarohati olgan H.A hayotdan ko‘z yumgan.
Nashr muxbiri mazkur voqeaga oydinlik kiritish uchun hayvonot bog‘i rahbariyatiga murojaat qildi. Biroq hayvonot bog‘i rahbariyati bu xabarni tasdiqlamagan. Ularning aytishicha, bog‘da sher saqlanmagan.
Izoh (0)