Toshkent viloyatida 5 nafar qiz is gazidan zaharlanib o‘ldi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Fojia 2018-yil 27-dekabr kuni kechki payt sodir bo‘lgani bildirilmoqda.
Nashrning halok bo‘lgan bolalarning qarindoshi bilan muloqotda bo‘lgan muxbiriga ko‘ra, 4 nafar qiz (ikki nafar opa-singil va ikki nafar amakivachchalar) bir uyda yashagan, beshinchi qiz esa ularnikida mehmon bo‘lgan. Kechki payt taxminan soat 23:00 atrofida qizlar o‘z xonasiga uxlagani ketgan. Tungi soat 3:00 da qizlarning onasi xonaga kirgan va bolalarni behush holda ko‘rgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, eng kattasi 16 yosh, eng kichigi esa 4 yashar bo‘lgan qizlar is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan.
Qizlar 29-dekabr, shanba kuni dafn etildi.
Izoh (0)