2-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 16:45 holatiga ko‘ra, Magnitogorskdagi 10 qavatli uy xarobalari ostidan 21 kishining jasadini olib chiqishdi, deb yozadi Meduza Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.
Yana 20 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanilmoqda.
FVV xabariga ko‘ra, uyning qolgan podyezdlari “Strela-P” diagnostika majmualari bilan tekshirib ko‘rilgach, yashash uchun yaroqli deb topilgan.
Izoh (0)