Olmaotadagi shaharga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi berildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Olmaota maslahatining XXXIV navbatdan tashqari sessiyasida 185 ta ko‘chani qayta nomlash ma’qullandi. Qayta nomlangan 183 ko‘chadan 20 tasiga mashhur insonlarning nomlari, qolgan 163 ta ko‘chaga tarixiy-geografik va milliy-ommabop nomlar berildi.
Yangi nomlar shuningdek ikkita shohko‘chaning uzayishi natijasida yuzaga keldi. Ushbu chora qo‘shilgan tumanlardagi takrorlanadigan ko‘cha nomlari muammosini yechish imkonini berdi. Ko‘chalarni qayta nomlash ishlari 2018-yilning boshida aholining shikoyatlari va yuzaga kelgan noqulayliklar sabab boshlangan. Nomsiz va egizak ko‘chalar shaharliklarda juda katta noqulayliklar tug‘dirardi. Qiyinchiliklar asosan tez yordam, yong‘in xizmati va huquq-tartibot organlari chaqiruvida yuzaga kelgan. Olmaotada 2,5 mingta ko‘cha bor.
Yangi qo‘shilgan hududlarni hisobga olganda shaharda 12 ta Abay, 3 ta Avezov, 13 ta Jabayev, 6 ta Kurmangazi ko‘chalari bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, endi shaharliklar noqulay holatlarni boshdan kechirishiga to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘cha almashgani haqidagi ma’lumotni “Elektron hukumat” orqali olish mumkin.
Izoh (0)