25-noyabr kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l tuman IIBga “Bandboshi” mahallasi hududida joylashgan kompaniya vakillari murojaat qilgan, deya xabar bermoqda IIV sayti.
Murojaatda 19-oktabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs kompaniyaga tegishli omborxonadan umumiy qiymati 130,8 million so‘m bo‘lgan har xil turdagi kabellarni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qorako‘l tumani “Qoraqulonchi” mahallasida yashovchi, yuqoridagi kompaniyaning mexanizatori U.M. va “Osiyo” mahallasida yashovchi J.Q., A.G‘., “Chandirobod” mahallasida yashovchi A.X., N.X., T.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ular ushlangan.
Xabar berishlaricha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)