Yengil vazn toifasidagi UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz mijozining UFC’ning vaqtinchalik sobiq chempioni Toni Fergyuson bilan ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi. Bu haqda MMAJunkie xabar beradi.
Uning fikricha, ushbu jang Habib uchun Konor Makgregor bilan bo‘lib o‘tgan jangga nisabatan osonroq o‘tadi.
“Toni Fergyuson — ajoyib jangchi. Ammo Habib uchun Fergyuson bilan kechadigan jang karyerasidagi eng yengil jang bo‘ladi. Toni tartibsiz hamda sekin jang qiladi. Habib uni Konorni urganidan ham qattiqroq uradi. Ushbu jang bo‘ladi, ammo qachon bo‘lishi haqida biror nima deyishim qiyin” — dedi Abdulaziz.
Avvalroq UFC rahbariyati Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangini tashkil qilishga 4 marotaba uringandi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra jang kechiktirildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)