28-dekabr, juma kuni Toshkentdagi “Xalqaro anjumanlar saroyi”da O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi 2018-yil yakunlariga ko‘ra, eng yaxshilarni taqdirlamoqda.
Unga ko‘ra yilning eng yaxshi sport jamoasi nomi 2018-yil yanvarida Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nasib qildi. Shunigdek, yana bir nechta nominatsiyalarda g‘oliblar taqdirlandi:
- “Yilning eng yaxshi innovatsion va intellektual faol federatsiyasi” — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi
- “Yilning eng faol federatsiyasi” — O‘zbekiston kurash federatsiyasi
- “Hududlarda sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” — Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov
- “Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun” — jahon gimnastikasi afsonasi, Oksana Chusovitina
- “Eng faol sport targ‘ibotchisi” — MOQ Matbuot va media departamenti direktori Zafar Imomxo‘jayev
- “Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi” — Pauerlifting bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari chempioni Ro‘za Qo‘ziyeva
- “Yilning eng yaxshi sport jurnalisti” – Sport-TV jurnalisti Marina Yakubova
- “Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” – UzReport-TV direktori Ravshan Jo‘rayev
- “Yilning eng yaxshi ijtimoiy loyihasi” – Sport-TV direktori Zohid Karimov
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)