27-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Qozog‘iston va Turkiya prezidentlari Gurbanguli Berdimuhamedov, Nursulton Nazarboyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatlar rahbarlari bilan alohida suhbatlari chog‘ida prezidentlar o‘zaro bayram tabriklari bilan almashdi, shuningdek, hamkorlikning dolzarb masalalarini va ko‘p jabhali sheriklik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)