O‘zbekistonda Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha, polkovnikShavkat Mavlonov turizm va transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Polkovnik Ilhom Kutlimuratov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Mirzoqul Mamatmusayev Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Izoh (0)