Mubin Mirzayev Davlat soliq qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Mubin Mirzayev shu paytgacha Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi. U bu lavozimga 2017-yilning avgustida tayinlangandi.
Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasining avvalgi birinchi o‘rinbosari Behzod Musayev rasman qo‘mita raisi lavozimiga tasdiqlangangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)