IShID terrorchilik guruhining yuqori mansabli a’zosi Afg‘onistonda yo‘q qilindi. Bu haqda Pajhwok agentligi mamlakat IIVga tayanib xabar bermoqda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Sulton Aziz A’zam 26-dekabr kuni o‘ldirilgan. Bu xalqaro koalitsiya kuchlarining Nangarxar viloyatining Xaska-Mena tumanidagi avizarbasi chog‘ida yuz bergan. U bilan birga yana uch nafar yordamchisi ham o‘ldirilgan.
Jangari IShIDning Pokiston va Afg‘onistondagi “Viloyat Xuroson” yacheykasi vakili bo‘lgan. Bundan tashqari, u guruh saflariga og‘dirish bilan shug‘ullangan hamda tinch aholi vakillarini jazolashlarda ishtirok etgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)